Salmonellyoz kasalligi o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora tadbirlar o’tkazildi

3 мая, 2025

Salmonellyoz — salmonella bakteriyalari tomonidan qo’zg’atiluvchi o’tkir yuqumli ichak kasalligi bo’lib, maishiy muloqot yo’li orqali bemor yoki bakteriya tashuvchidan sog’lom odamga yuqadi. Alimentar yo’l orqali salmonellalar bilan ifloslangan oziq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda yuqadi. Salmonellyoz kasalligi qayd etilgan o’choqlarda epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni o’tkazish natijasida kasallikning takroriy holatlarini oldi olinadi.

♦️ Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi хodimlari tomonidan salmonellyoz bilan kasallangan bemorning uy o’chog’ida epidemiologik surishtiruv ishlari o’tkazilib, bemorning shahsiy buyumlari hamda epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan sathlardan bakteriologik laborator tahlillar uchun surtma namunalari olindi.

♦️Muloqotdagilarga salmonellyoz kasalligini kelib chiqishi, yuqish yo’llari, oldini olish chora tadbirlari to’g’risida tushuntirish ishlari o’tkazilib, o’choqda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi