




♦️ Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan «SOF» umumiy ovqatlanish korxonasida vakolatli organni xabardor qilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati o’tkazildi. Nazorat davomida bakteriologik laborator tekshiruvlar uchun tayyor taom namunalari, suv va surtma namunalari olinib, laborator tahlillarga qo’yildi.
♦️O’tkazilgan nazoratda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
- oshxonadagi texnologik jihoz va anjomlar gigienik belgilarini tamg’alanmagani;
- oshxona xodimlarini maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanmagani;
- oshxona xodimlarini gigienik o’qitilishini tashkil qilinmagani;
- tozalash ishlarini sifatsiz o’tkazilayotgani, zararsizlantirish ishlarini o’tkazilmasligi;
- zararsizlantiruvchi vositalar zahirasini tashkil qilinmaganligi;
- profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilishi bo’yicha mutasaddi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmaganligi;
♦️Aniqlangan kamchiliklar asosida MChJ rahbariga ma’muriy bayonnoma qo’llanilib, korxonada mukammal tozalash va dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilishi uchun korxona vaqtinchalik yopildi. Mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi