







♦️Sergeli tuman Dehqon bozorida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o’tkazildi. Sanepidqo‘mita Sergeli tuman bo’limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi, bozor ma’muriyati, Veterinariya Sanitariya Ekspertiza laboratoriyasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan nazorat reydida noma’lum sharoitlarda tayyorlangan, organoleptik xususiyatlari o’zgargan mol go’shti qiymasi va tovuq bo’yni mahsulotlari savdolari aniqlandi. Sut mahsulotlari savdo rastalarida esa bir marotabalik PET idishlarda sigir suti savdo qilinayotgani aniqlandi. Tadbir natijasida:
❗️11 kg mol go’shti qiymasi;
❗️9 tovuq bo’yni;
❗️30 litr sigir suti;
iste’molga yaroqsiz deb topilib, o’rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
♦️Tadbirkorlar bilan ovqatdan zaharlanish, yuqumli ichak kasalliklarini kelib chiqishini oldini chora tadbirlari to’g’risida tushuntirish ishlari o’tkazilib, «Oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida»gi qonun doirasida ogohlantirishlar berildi.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi