Umumiy ovqatlanish muassasasida koordinatsion nazorat tekshiruvi o’tkazildi

28 апреля, 2025

♦️ Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan «ALIYAR» umumiy ovqatlanish muassasasida vakolatli organni xabardor qilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati o’tkazildi. Nazorat davomida bakteriologik laborator tekshiruvlar uchun tayyor taom namunalari, suv va surtma namunalari olinib, laborator tahlillarga qo’yildi.

♦️O’tkazilgan nazoratda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

  • oshxonadagi texnologik jihozlar va anjomlarni gigienik belgilarini tamg’alanmagani;
  • sovutgichlarda maxsulotlarni qo’shnichilik tartiblariga rioya qilinmasdan betartib saqlanayotgani;
  • oshxona xodimlarini maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanmagani;
  • zararsizlantiruvchi vositalar zahirasini tashkil qilinmaganligi;
  • profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilishi bo’yicha mutasaddi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmaganligi;

♦️Aniqlangan kamchiliklar asosida MChJ rahbariga ma’muriy bayonnoma qo’llanilib, kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий