Parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida degelmintizatsiya tadbirlari o’tkazilmoqda

28 апреля, 2025

Бolalar orasida ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri gelmintozlardir. Gelmintozlar inson organizmiga parazit chuvalchanglar (gijjalar) kirishi natijasida yuzaga keladi. Gijjalar o‘zi yashab turgan vujuddagi ozuqalar hisobiga kun ko‘radi. Buning natijasida bola organizmini immun muvozanati pasayib, kasallik belgilari namoyon bo’ladi, jismoniy va aqliy rivojlanish sekinlashadi. Gijja bilan zararlanganligini aniqlash uchun bolalarni gelmintologik tekshiruvlardan o’tkazib turish lozim. Respublikamizda bolalar jamoalarida gijja bilan zararlanganlarni aniqlash va davolash maqsadida profilaktik laborator ko’riklar hamda profilaktik degelmintizatsiya tadbirlari o’tkaziladi.

♦️Yurtimizda 21 apreldan 3 may sanasigacha gelmintoz kasalliklariga qarshi degelminzatsiya profilaktika tadbirlari o’tkazilmoqda. 2 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan bolalarni tibbiy ko’riklardan o’tkazib, gijja kasalliklariga qarshi «Albendazol» dori vositasi bilan degelmintizatsiya tadbirlari olib borilmoqda.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi parazitolog mutaxassislari maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni degelmintizatsiya qilish tadbirlarida qatnashib, 2 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan bolalarni degelmintizatsiya bilan to’liq qamrab olinishini nazorat qilmoqdalar.

♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий