Tuman prokuraturasi ishchi guruhi bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekshiruvlar o’tkazilmoqda

23 апреля, 2025

♦️ O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2025 yil 1 yarim yilligi ish rejasiga muvofiq Sergeli tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tuman prokuraturasining ishchi guruhi bilan nazorat tekshiruvlari o’tkazilmoqda. 21.04.2025 y.da 87-sonli DMTTda bolalar uchun yaratilgan sanitar gigienik sharoitlar hamda bolalarni sog’lom va xavfsiz ovqatlantirilishini tashkil qilinishi bo’yicha o’tkazilgan tekshiruvda quyidagi qator kamchiliklar aniqlandi:

  • barcha guruhlarni joriy ta’mir talab holatidaligi;
  • ba’zi guruhlar hojatxonalarida santexnik jihozlarni bolalar soniga etishmasligi;
  • xodimlar uchun sanitar gigienik sharoitlarni guruhlar hojatxonalarida tashkil qilingani;
  • guruhlarda zararsizlantiruvchi vositalar ishchi eritmalarini qo’llanma asosida tayyorlanmasligi;
  • guruhlarda yotoq anjomlari gigienik belgilarini betartib yuritilayotgani;
  • oshxonaga ta’qiqlangan va sifatsiz mahsulotlar keltirilayotgani, brakeraj komissiyasi nazoratini o’tkazilmasligi;
  • DMTTda profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilmasligi, shartnomalar tuzilmaganligi;

♦️Aniqlangan kamchiliklar asosida DMTT rahbariga kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий