




♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi topshirig’i asosida Sergeli tumanidagi 10-sonli Oilaviy Poliklinikada rejali emlashlar bajarilishi haqqoniyligi o’rganildi. O’rganish davomida:
- milliy taqvim bo’yicha rejali emlashlar qamrovi;
- epid. ko’rsatma asosida emlashlar qamrovi;
- vaksinalarning kirim-chiqimi, sarfi;
- emlash tadbirlari bo’yicha daxa tibbiy xodimlari faoliyati;
- asossiz emlanmaganlik va emlashdan bosh tortish holatlari bo’yicha o’tkazilgan targ’ibot ishlari;
- emlashlardan berilgan vaqtinchalik tibbiy cheklovlarni yechilishi ko’rib chiqildi
♦️O’rganish yakunida reja bo’yicha emlash tadbirlarini kuchaytirish, haqqoniy olib borish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi