Non mahsulotini tashilishi bo’yicha sanitariya o’rganishlar o’tkazildi

21 апреля, 2025

♦️Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo do’konlariga, ta’lim tashkilotlari oshxonalariga non mahsulotini qay tarzda va qanday avtomobillarda keltirilayotgani o’rganildi.

♦️ O’rganish davomida Sergeli 4-mavzeda joylashgan qolipli non ishlab chiqarish korxonasidan savdo do’konlariga nonlar maxsus transport vositalarida emas, balki umumiy qo’llanishdagi DAMAS rusumli avtomobillarda tashib keltirilayotgani kuzatildi. Nonlarni usti ochiq holatda sanitariya gigiena talablariga hilof ravishda kuzov poliga taxlab keltirilmoqda. Eng achinarlisi ushbu avtomobillarni doimiy tozalash va dezinfeksiya ishlari o’tkazilmaydi.

♦️Maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshxonalariga ham qolipli nonlar yuqoridagi antisanitariya holatida keltirilmoqda.

♦️O’rganish natijasida non ishlab chiqarish korxonasi mutasaddilariga non mahsulotini maxsus transport vositalarida sanitariya gigiena talablariga muvofiq tashish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi. Savdo do’konlari va ta’lim tashkilotlari rahbarlariga non mahsulotini keltirilishiga qoyiladigan sanitariya-gigiena talablarini kuchaytirish va doimiy nazoratini olib borish ko’rsatmalari berildi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий