







Jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni tobora mustahkam qaror toptirish, mahallalar, aholi turar joylarini, tashkilotlar hududini obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan hashar yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishida o‘ziga xos xayrli tadbir vazifasini o‘taydi.
♦️Sanepidqo‘mita Sergeli tuman bo‘limi jamoasi faolligida hashar tashkil kilindi. Bo‘lim hududi xazonlardan tozalanib, chiqindilar olib ketildi. Ko‘p yillik daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Hududga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, gul maydonlariga gul ko’chatlari ekildi. Hashar tadbiri natijasida bo‘lim hududi yanada obod holga keltirildi.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi