




Mamlakat taraqqiyotiga, siyosiy va ma’rifiy ravnaqiga, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga tahdid soluvchi illatlardan biri korrupsiyadir
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limida
«Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot» mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i A.Abdurashidov, markaz yuristkonsultantlari N.Raximova va D.Uraqova qatnashib, tadbir davra suhbati tariqasida o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonuni, qonun osti hujjatlarining mazmun mohiyati hamda yshbu yo’nalishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir qatnashchilariga davlat fuqarolik xizmati vakillari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni kelib chiqishining oldini olish borasidagi aniq xarakat va tashabbuslar haqida targ’ibot o’tkazildi.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi