Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekshiruvlar o’tkazilmoqda

18 апреля, 2025

♦️ O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2025 yil 1 yarim yilligi ish rejasiga muvofiq Sergeli tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tuman prokuraturasining ishchi guruhi bilan nazorat tekshiruvlari o’tkazilmoqda. 565-sonli DMTTda bolalar uchun yaratilgan sanitar gigienik sharoitlar hamda bolalarni sog’lom va xavfsiz ovqatlantirilishini tashkil qilinishi bo’yicha o’tkazilgan tekshiruvda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

  • barcha guruhlar hojatxonalarida santexnik jixozlarni (unitazlar) bolalar soniga etishmasligi;
    -xodimlar uchun sanitar gigienik sharoitlarni guruhlar hojatxonalarida tashkil qilingani;
  • barcha guruhlarda yotoq anjomlari va oqliklari gigienik belgilari tartiblariga rioya qilinmasligi;
  • oshxonada tutun tortuvchi moslamalarga elektr parraklar o’rnatilmagani, ventilyatsiya tizimini yo’qligi;
  • doimiy parlanib, namlanishdan oshxona devor va shift qoplamlarini mog’orlab, ta’mir talab holatga kelgani;
  • 17.04.2025y.da oshxonaga sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan, ta’qiqlangan 22 kg ovsyankali pechene keltirilgan, mahsulot brakeraj qilinmagan;
  • DMTTda profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilmasligi, bo’lim tomonidan dezinfeksiya bo’yicha shartnomalar tuzilmaganligi;

♦️Aniqlangan kamchiliklar asosida DMTT rahbariga ko’rsatma va tavsiyalar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий