







♦️Sergeli tumani hududida belgilanmagan joylarda noqonuniy o’rnatib olingan somsaxonalar bo’yicha nazorat reyd tadbiri o’tkazildi. Yangi Sergeli ko’chasi bo’ylab o’tkazilgan tadbirda avtobuslar bekati yonida hamda Sergeli xiyoboni ro’parasida somsa tandiri va ovqatlanish joylari o’rnatib olinib, saniratiya gigiena qoida va tartiblariga hilof ravishda faoliyat yuritayotgani aniqlandi.
♦️Tadbir davomida somsaxonalar faoliyati darhol to’xtatilib, tandir va ovqatlanish joylari olib tashlandi. Tadbirkorlarga sanitariya gigiena talablari bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkazilib, holatlarni takrorlanmasligi yuzasidan ogohlantirishlar berildi.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi