Sifatsiz va iste’molga yaroqsiz oziq ovqat mahsulotlari savdolariga chek qo’yildi

15 апреля, 2025

♦️Bozor va oziq ovqat savdo do’konlari rastalaridagi mahsulotlarni sifati va iste’molga yaroqliligi bo’yicha nazoratlar o’tkazilib, chora tadbirlar qo’llanilmoqda. Sergeli tumani Dehqon bozorida olib borilgan nazorat reydida tuxum mahsuloti savdo pavilyonida sifatsiz va iste’molga yaroqsiz bo’lgan tuxumlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilаyotgani aniqlandi. Reyd davomida butunligi buzilib, organoleptik xususiyatlari o’zgargan jami 487 dona singan tuxumlar savdodan olinib, brakeraj qilingi.

♦️Bozorning mevalar savdo nuqtasida esa iste’molga yaroqsiz holga kelgan bananlarni arzonlashtirilgan narxlarda savdo qilinayotgani kuzatildi. Belgilangan tartib asosida 27 kg bananlar sаvdodan olinib brakeraj qilindi. Sotuvchilarga iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni savdoga qo’yilmasligi yuzasidan sanitariya gigiyena talablari bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar berildi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий