



Бolalar orasida ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri gelmintozlardir. Gelmintozlar inson organizmiga parazit chuvalchanglar (gijjalar) kirishi natijasida yuzaga keladi. Gijjalar o‘zi yashab turgan vujuddagi ozuqalar hisobiga kun ko‘radi. Buning natijasida bola organizmini immun muvozanati pasayib, kasallik belgilari namoyon bo’ladi, jismoniy va aqliy rivojlanish sekinlashadi. Gijja bilan zararlanganligini aniqlash uchun bolalarni gelmintologik tekshiruvlardan o’tkazib turish lozim. Respublikamizda bolalar jamoalarida gijja bilan zararlanganlarni aniqlash va davolash maqsadida profilaktik laborator ko’riklar o’tkaziladi.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan Sergeli tumanidagi 33-sonli maxsus umumta’lim maktabda 39 nafar bolalardan gelmintologik tekshiruvlar uchun laborator namunalar olinib, tahlillar o’tkazildi.
♦️Laborator tekshiruvlar natijasida 2 nafar bolalarda enterobioz kasalligi aniqlanib, bolalarni hududiy oilaviy poliklinikalar tomonidan degelmitizatsiya davo choralarini ko’rish va tibbiy kuzatuvga olish chora tadbirlari tashkil qilindi.
♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi