



Salar aeratsiya stansiyasi Toshkent shahrining
6 ta tumanidan oqib keluvchi oqava suvlarni qattiq chiqindilardan tozalash, aeratsiya qilish (havo bilan to’yintirish) va zararsizlantirish ishlarini o’tkazish uchun moslashtirilgan inshootdan iborat bo’lib, 1 sutkada 750000 kubometr oqava suvni tozalash imkoniyatiga ega. Sergeli tumani, Sa’diy ko’chasida joylashgan bu inshoot oqava suvlarni 4 ta tozalash bosqichlaridan o’tkazib, dala, bog’ va ekinlarni sug’orish uchun to’yintirilgan va zararsizlantirilgan suvlarni etkazib beradi.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo’limi xodimlari tasdiqlangan yillik reja asosida Salar oqava suvlar aeratsiya stansiyasining tozalash bosqichlaridan sanitar kimyoviy va mikrobiologik ko’rsatkichlar uchun suv namunalarini olib, laborator tahlillardan o’tkazdilar.
♦️Oqava suvlarni tozalash, to’yintirish, zararsizlantirish ishlarini samarasini aniqlash maqsadida o’tkazilgan laborator tahlillar natijalariga ko’ra suvning mikrobiologik ko’rsatkichlari belgilangan me’yorlar darajasida ekanligi aniqlandi. Sanitar kimyoviy tahlil natijalariga ko’ra tozalangan suvning kislorodga bo’lgan biologik ehtiyoji me’yordan yuqoriligi aniqlandi.
♦️ Salar aeratsiya stansiyasi mutasaddilariga laborator tahlillar natijalari asosida tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.
♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi