Emlash tadbirlari o’tkazilmoqda

6 мая, 2025

♦️Sergeli tuman Oilaviy Poliklinikalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni 2 yoshdan 14 yoshdacha bo’lgan bolalarini virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlash tadbirlari davom etmoqda. Emlash tadbirlari malakali shifokorlar ko’rigi ostida tibbiy ko’rsatma bo’yicha o’tkazilmoqda.

♦️Sergeli tuman umumta’lim maktablarida 9-13 yoshdagi o’quvchi qizlarni odam papilloma virusiga qarshi VPCH vaksinasi bilan emlash tadbirlarini 2-bosqichi amalga oshirilmoqda. Ota onalar va qizlar bilan odam papilloma virusiga qarshi emlash ahamiyati to’g’risida tushuntirish ishlari olib borilib, emlashlar o’tkazilmoqda.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий