




Xotira bor ekan – millat barhayot.
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
📌 Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi majlislar zalida bo‘lim boshlig‘i Sh.G.Shanazarov boshchiligida bo’lim xodimlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
❗️ Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan xalqimiz sog’ligini saqlash yo‘lidagi ko‘p yillik beminnat mehnatlarini yuksak qadrlab bo’limning ilg’or va fidoyi xodimlariga rag‘batlantiruvchi fahriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi