




♦️Sanepidqo‘mita Sergeli tuman bo’limi mutaxassislari tuman Oilaviy Poliklinikalarida oral regidratatsiya punktlari faoliyati bo’yicha nazoratlar olib bormoqdalar.
♦️71-sonli Oilaviy Poliklinikada o’tkir diareya belgilari bilan murojaat qilgan bemorlarga oral regidratatsiya muolajasini o’tkazish, birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish va OPda ambulator tarzda davolash uchun 01.05.2025y.dan oral regidratatsiya punkti (ORP) faoliyat yuritmoqda. Nazorat davomida ORPda davolash muolajalari bilan birga bemorlarni epidemiologik va clinic ko’rsatmalar asosida ichak guruhi infeksiyalari va A-00ga bakteriologik laborator tekshiruvlardan o’tkazish tadbirlari yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi