Sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan muzqaymoqlar yo’q qilindi

21 мая, 2025

♦️Sergeli tumanida noqonuniy ko’cha savdolari bo’yicha olib borilayotgan reyd tadbirlari davom etmoqda. 20.05.2025y.da «Qumariq» MFY hududida o’tkazilgan reyd davomida sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan «Andijon» muzqaymog’i savdolari aniqlandi. Belgilangan tartib asosida, 15 kg «Andijon» muzqaymog’i savdolardan olinib brakeraj qilindi.

♦️ Muzqaymoq sotuvchilariga sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlar noqonuniy savdolariga qo‘yilgan ta’qiqlar yuzasidan ogohlantirishlar berilib, holat takrorlanmasligi yuzasidan kafolat xatlari olindi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий