«Xavfsiz immunizatsiyani tashkil qilish» mavzusida seminar yig’ilish o’tkazildi

21 мая, 2025

Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha emlash usuli ​muammoga iqtisodiy jihatdan eng samarali yechim bo‘lib, yiliga 2-3 million kishining hayoti saqlab qolinadi. Emlashdan bosh tortish esa insoniyatga qarshi ommaviy tahdidlar ro‘yxatiga kiritilgan

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limida davolash profilaktika muassasalari hamda ta’lim tashkilotlari emlash xamshiralari va immunolog mutaxassislari bilan «Xavfsiz immunizatsiyani tashkil qilish» mavzusida seminar yig’ilish o’tkazildi.

♦️Seminarda milliy emlash taqvimi bo’yicha 13 xil yuqumli kasalliklarga qarshi bolalarni rejali emlashlar hamda rejadan tashqari epidemiologik ko’rsatma asosidagi emlash tadbirlarini tashkil qilish tartiblari onlayn tarzda namoyish etildi.

♦️Emlash xamshiralariga vaksinalarni emlash punktlariga keltirish, saqlash va emlash texnikasi bo’yicha o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

♦️Shuningdek emlashlardan besabab bosh tortish masalalariga alohida to’xtalib, aholi o’rtasida emlash ahamiyati, zarurati va afzalliklari to’g’risida targ’ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish topshiriq va vazifalari belgilandi.

♦️Seminar yakunida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий