Umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyati vaqtinchalik to’xtatildi

24 мая, 2025

♦️ Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan «Qorin to’q g’am yo’q» umumiy ovqatlanish korxonasida vakolatli organni xabardor qilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati o’tkazildi. Nazorat davomida bakteriologik laborator tekshiruvlar uchun tayyor taom namunalari, suv va surtma namunalari olinib, laborator tahlillarga qo’yildi.

♦️O’tkazilgan nazoratda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

  • oshxonani joriy ta’mir talab holatidaligi;
  • oshxonadagi texnologik jihoz va anjomlar gigienik belgilarini tamg’alanmagani;
  • sovutgichlarda mahsulotlarni qo’shnichilik tartiblariga rioya qilinmasdan saqlanayotgani;
  • tozalash ishlarini sifatsiz o’tkazilayotgani, zararsizlantirish ishlarini o’tkazilmasligi;
  • zararsizlantiruvchi vositalar zahirasini tashkil qilinmaganligi;
  • profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilishi bo’yicha mutasaddi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmaganligi;
  • oshxona xodimlarini maxsus ish kiyim bilan ta’minlanmagani;
  • oshxona xodimlarini gigienik kurslarda o’qitilmaganligi;

♦️Aniqlangan kamchiliklar asosida MChJ rahbariga ma’muriy bayonnoma qo’llanilib, joriy ta’mirlash, mukammal tozalash va dezinfeksiya tadbirlarini o’tkazilguniga qadar korxona vaqtinchalik yopildi. Mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий