





Vabo kasalligi vabo vibrionlari keltirib chiqaradigan o‘ta xavfli yuqumli ichak kasalligi bo’lib, yashin tezligida kechuvchi og’ir turdagi diareya va suvsizlanish bilan namoyon bo’ladi.
Kasallikka mavsumiylik xos bo’lib, issiq kunlarda vabo vibrionlari bilan ifloslangan ochiq suv havzalarida cho’milish, vibrionlar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali kasallikni yuqtirib olish mumkin. Yurtimizda vabo kasalligini keng tarqalishini oldini olish, kasallik ustidan epidemilolgik nazorat olib borish maqsadida yilning aprel oyidan noyabr oyigacha bo’lgan davrida tashqi muhit ochiq suv havzalaridan har hafta suv namunalari olinib, o’ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasida vabo vibrionlariga tekshiruvlar o’tkaziladi.
♦️Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Junariq, Shokirariq, Nayman kanali ochiq suv havzalaridan hamda Salar aerostansiyasidan rejaga muvofiq suv namunalari olinib, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasiga vabo vibrionlari bakteriologik tahlillari uchun yetkazildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limi jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi