🔔Maktablarda so’nggi qo’ng’iroq tadbirlari nazorat ostida o’tkazildi

24 мая, 2025

Respublikamiz umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq sadolari ostida «Bitiruvchi 2025» tadbirlari o’tkazildi. Inson hayotining quvonchli va unutilmas damlarini, bolalikning oltin davrini mujassam etgan bilim maskanlarida bugun bitiruvchi yoshlar mustaqil hayotga, kelajak parvozlariga kuzatildilar.

♦️Sergeli tuman umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq sadolari ostida «Bitiruvchi 2025» tadbirlari tantanavor va munosib tarzda o’tkazildi.

♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi xodimlari so’nggi qo’ng’iroq tadbirlarida faol qatnashib, ovqatdan zaharlanish, yuqumli ichak kasalliklarini kelib chiqishini oldini olish maqsadida nazorat o’tkazdilar. Tadbirni tinch va osoyishta o’tishiga o’z hissalarini qo’shdilar.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий