




Sanepidqo’mitaning «Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi buyrug‘i asosida oziq ovqat mahsulotlarini eksport masalalari o’rganildi.
♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi mutaхassislari tomonidan Sergeli tuman, Nilufar ko’chasida joylashgan «PERVEST CALCULUS» MChJga qarashli un ishlab chiqarish korxonasida mahsulotni qo’shni Tojikiston, Afg’oniston mamlakatlariga eksport qilish va eksport qilinishida yuzaga keladigan to’siqlarni faol aniqlash bo’yicha o’rganish o’tkazildi.
♦️O’rganishda korxona mutasaddilari bilan suhbatlashib, ishlab chiqarishga qo’yiladigan sanitariya gigiena talablari bo’yicha tushuntirish ishlari o’tkazildi. Mahsulot eksporti masalalari yuzasidan huquqiy ma’lumotlar berildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi