




Sanepidqo’mitaning «Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi buyrug‘i asosida oziq ovqat mahsulotlarini eksport masalalari o’rganildi.
♦️ Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi mutaхassislari tomonidan Sergeli tuman, Nilufar ko’chasida joylashgan «MAKIZ BARAKA» MChJga qarashli makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida mahsulotni qo’shni Tojikiston, Afg’oniston hamda Janubiy Koreya mamlakatlariga eksport qilish va eksport qilinishida yuzaga keladigan to’siqlarni faol aniqlash bo’yicha o’rganish o’tkazildi.
♦️O’rganishda korxona mutasaddilari bilan suhbatlashib, ishlab chiqarishga qo’yiladigan sanitariya gigiena talablari bo’yicha tushuntirish ishlari hamda eksport masalalari yuzasidan huquqiy ma’lumotlar berildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi