
🔁TANANGIZGA ZARAR BERMANG: BU MAHSULOTLARNI ALMASHTIRING!
❓Nega bu mahsulotlar iste’moli zararli?
Ko‘p miqdordagi to‘yingan yog‘lar, osh tuzi va shakar yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, diabet va boshqa xavfli holatlarga olib keladi.
❗️ Nimani kamaytirish kerak?
🍟 Qovurilgan va yog’da pishirilgan taomlar;
🍰 Shirinliklar, kremli tortlar, gazli ichimliklar;
🧂 Ortiqcha tuz qo‘shilgan konserva va kolbasa mahsulotlari.
✅ Endi eng muhim savol: o‘rniga nima yeyish kerak?
🌿 1. To‘yimli oqsillar:
🥚 Tuxum,
🐟 Baliq (losos, sardina),
🍗 Parhez tovuq go‘shti,
🌱 Dukkaklilar (noxat, loviya, yasmiq).
🥦 2. Foydali yog‘lar:
🥑 Avokado,
🌰 Yong‘oq va urug‘lar (bodom, kungaboqar, zig‘ir),
🫒 Zaytun moyi.
🍊 3. Vitamin va mineralga boy mahsulotlar:
🥬 Qora ko‘katlar (ismaloq, brokkoli),
🥕 Sabzavotlar va mevalar
🍚 Butun don mahsulotlari (jigarrang guruch, suli yormasi).
💧4. Tuz o‘rniga:
🍋Limon sharbati, ziravorlar (zanjabil, zira, oregano) iste’mol qilganingiz ma’qul.
🎯 Sog‘lom tanlov — sog‘lom hayot. Tanovvul qilishdan oldin tanlashni o‘rganing! Bugundan boshlab tanangizni zararlilardan emas, foydalilardan oziqlantiring.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati