


♦️ Sergeli tumanining «Mehrigiyo» mahalla markazi idorasida Sanepidqo‘mita Sergeli tuman bo’limi boshlig’i Sh.G.Shanazarov hamda bo’lim mutaxassislari tomonidan mahallabay ish tizimini yuritish maqsadida aholi bilan uchrashuv tashkil qilindi.
♦️Bunda fuqarolar o’rtasida mahallani orastaligini saqlash, xonadonlarda sanitariya gigiena tartiblariga rioya qilish, sog’lom turmush tarzini yuritish, to’g’ri ovqatlanishga amal qilish, toza ichimlik suvi va sifatli oziq ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, yuqumli va parazitar kasalliklar, botulizm va ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish chora tadbirlari, virusli gepatit A, qizamiq, meningit kasalliklariga qarshi emlash tadbirlari ahamiyati mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
♦️Uchrashuv so’nggida Ishtirokchilarga yuqumli kasalliklarni profilaktik chora tadbirlari to’g’risidagi targ’ibot tarqatmalari berildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi