28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni

28 июля, 2025

🌍28 iyul Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo aholisining gepatit xastaligiga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish va ularning ushbu kasallik haqidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

🏥JSST ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit B virusi va 200 million odam gepatit C virusi bilan kasallanmoqda.

🌎Butunjahon gepatit alyansining ma’lumotlariga ko’ra har yili 500-700 ming bemor gepatit B infeksiyasi, 350 mingdan ortiq bemor gepatit C asoratlari tufayli vafot etadi. Bu esa  OIV/OITS va bezgakdan ko‘proq deganidir.

❗️Yurtimizda ushbu gemokontakt virusli gepatit kasalliklarini o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan:

  • virusli gepatit B kasalligiga qarshi milliy emlash taqvimi asosida qo’daklarni ilk yoshidan profilaktik emlash tadbirlari;

-vaksinatsiya markazlarida xavf guruhidagi shaxslarni VGBga qarshi emlash xizmatlari;

  • virusli gepatit B va C turlarini erta tashxislash maqsadida davolash profilaktika muassasalarida hamda tumanlar bo‘ylab mobil tibbiy skrininglar;
  • aholining virusli kasalliklar va ularni oldini olish chora tadbirlari haqida savodxonligini oshirishdagi tashabbuslar olib borilmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo’limi jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

Оставьте комментарий